So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Rossiya samolyoti Qora dengizda AQSH dronini urib tushurdi
Oq uy rossiyaliklarning harakatlarini "noprofessional va xavfli" deb atadi. Rossiya o‘z aybiga iqror emas va MQ-9 Reaper missiyasini “provokasiya” deb atadi.
14 mart, seshanba kuni kechqurun Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz uzra xalqaro havo hududida Amerika razvedkachi MQ-9 Reaper uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi.
AQSHning Yevropadagi qo‘mondonligi vakilining ta’kidlashicha, Su-27 samolyotlari to‘qnashuvdan oldin bir necha bor yoqilg‘ini tashlab, MQ-9 oldidan xavfli va noprofessional tarzda uchib o‘tgan. Bayden allaqachon voqea haqida xabardor qilingan. Oq uy rossiyaliklarning harakatlarini "noprofessional va xavfli" deb atadi.
Rossiya o‘z aybiga iqror emas va MQ-9 Reaper missiyasini “provokasiya” deb atadi. Qayd etilishicha, rossiyaliklar allaqachon uchuvchisiz samolyot qoldiqlarini olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ukraina Qurolli kuchlari, o‘z navbatida, hodisa Rossiya Federasiyasi 2022 yilda bosib olishga uringan Zmeyniy oroli yaqinida sodir bo‘lganiga aniqlik kiritdi. Vayron qilingan uchuvchisiz samolyot o‘rniga shtatlar boshqa uchuvchisiz samolyot yubordi va u ishini davom ettirmoqda.
Urushni o‘rganish instituti (ICW) ma’lumotlariga ko‘ra, MQ-9 Reaper dronining urib tushirilishi bilan bog‘liq vaziyatda AQSH va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga olib keladigan hech narsa yo‘q.
“Prezident Jo Baydenning AQSH qo‘shinlarini Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib kelmaslikka bir necha bor va’da bergani hamda Kremlning NATO bilan urushga kirishishni aniq va qayta-qayta istamasligini inobatga olsak, bunday hodisalarning xavfli darajada kuchayishiga hech qanday sabab yo‘q”, - deyiladi tadqiqot instituti hisobotida.
AQSH havo kuchlari saytida Rossiya chegarasi yo‘nalishida uchib ketayotgan va o‘tkir manevrlar natijasida Qora dengizga qulagan MQ-9 Reaper haqida ma’lumot e’lon qilingan.
Unga ko‘ra:
- Kengligi: 20,1 m
- Uzunligi: 11 m
- Balandligi: 3,8 m
- Bo‘sh dronning og‘irligi: 2223 kg
- Maksimal uchish og‘irligi: 4760 kg (ER versiyasi - 5307 kg)
- Yoqilg‘i hajmi: 2300 litr (ER versiyasi - 3418 kg)
- Yuk ko‘tarish hajmi: 1701 kg
- Maksimal tezlik: taxminan 440 km/soat
- masofa: 1900 km / 2660 km (ER versiyasida)
- Maksimal balandlik: 15240 metrgacha
- Dron narxi: yerni boshqarish stansiyalari va sun’iy yo‘ldosh ulanishini hisobga olgan holda 56,5 million dollar