Qidirish

02:42 / 2022-01-11 146 0 Biznes

Buyrak xastaligi piyelonefritga tabiat neʼmatlari bilan kurashamiz

world-news

Sovuq kunlar yaqinlashgan sayin buyrak kasalliklari birin-ketin boʻy choʻza boshlaydi. Bel sohasidagi ogʻriqlar, tez charchash, kuchsizlik, isitma, bosh ogʻrigʻi, koʻz osti, yuz va oyoqlardagi shish, terining quruq, rangsiz baʼzan sargʻaygan holati — bu alomatlarning bari buyrak kasalliklariga ishora qiladi. Eng yomoni shundaki, bu kasallik koʻp hollarda yashirin kechadi. Bemorlar buyrak kasalligi ancha oʻtib ketgandan soʻngina shifokorga murojaat qiladi. Mutaxassislar orasida buyrakni “soqov aʼzolar” deyilishi ham shundan.

Buyrak kasalliklari turli xil boʻlishi mumkin. Ularning har biri oʻziga xosligi, turli klinik koʻrinishi va davolash usullari bilan farqlanadi. Ular orasida piyelonefrit alohida eʼtibor talab qiladi. Bugun buyrak xastaliklari orasida nisbatan keng tarqalgan ushbu dard haqida toʻxtalishni lozim deb topdik. Piyelonefrit — turli xil bakteriyalar tufayli rivojlanadigan buyrak infeksion kasalligidir. Oʻtkir va surunkali piyelonefrit bilan ogʻrigan bemorlar urologik bemorlarning deyarli 2/3 qismini tashkil qiladi. Piyelonefrit oʻtkir yoki surunkali shaklda kechishi, bir yoki ikkala buyrakni zararlashi mumkin. Surunkali piyelonefrit kasallikning alomatlarsiz yoki uncha sezilmaydigan belgilar bilan kechishi koʻp hollarda bemorlarni ushbu kasallika nisbatan befarq boʻlishiga olib keladi.

Qanday rivojlanadi?

Ushbu kasallik har qanday yoshda paydo boʻlishi mumkin. Peshob chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi har xil sabablar kasallik rivojlanishiga olib keladi. Koʻpincha siydik-tosh kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda kasallik paydo boʻladi. Piyelonefrit rivojlanishiga turtki boʻluvchi salbiy omillarga qandli diabet, immunitet buzilishlari, surunkali yalligʻlanishli kasalliklar va tez-tez sovqotish kiradi.

Davo choralari

Koʻp hollarda davolash samaradorligi bemor immunitetiga bogʻliq. Dori vositalari, xususan antibiotiklar boʻlmagan davrlarda buyrak kasalliklari tabiiy yoʻl bilan davolangan. Xalq tabobatiga razm soladigan boʻlsak, dorivor mahsulotlar orasida, qovoq, qayin kurtaklari, zigʻir urugʻi, zanjabil, petrushka, shuningdek, qora sedana ham yaxshi samara beradi.

Masalan, kunduzi petrushka barglari yoki urugʻidan ikki osh qoshiq olinib ikki litr qaynoq suvga aralashtirilib, kenchqurun suziladi hamda teng qismlarga boʻlinib 10 kun davomida ichiladi. Oliy navli qora sedana esa buyrak uchun bagʻoyat foydali hisoblanadi.

Dorixonalar-u bozor rastalarida sedana urugʻlari topish oson boʻlsada, uning oliy navlisi faqatgina Misr va Saudiya Arabistonidan topish mumkin. Koʻplab oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlarning barchasi sedana va uning yogʻi turli kasalliklarning oldini olish va davolashda ajoyib vosita ekani tan olindi. Uni muntazam isteʼmol qilish sogʻlom turmush tarafdorlarining, targʻibotchilarining hayot tarzidan mustahkam oʻrin egalladi.

Bugungi kunda qora sedana urugʻi va yogʻi Fransiya, Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Arab mamlakatlarida dori vositalari sifatida keng qoʻllaniladi. Sedana inson tanasidagi immunitet tizimini quvvatlantiradi va organizmni tashqi taʼsirlardan himoya qilib, kasalliklarga qarshiligini oshiradi. Qora sedananing oʻzi isteʼmolga noqulay. Shuning uchun uni turli vositalar bilan yoki boshqacha shaklda isteʼmol qilgan foydaliroq.

Biz Oʻzbekiston bozorlarida oliy navli qora sedani topish mumkin yoki yoʻqligi bilan qiziqdik. Oʻrganishlarimiz natijasida, bugungi kunda oliy navli qora sedana donalaridan tayyorlangan, sovuq siquv yoʻli bilan yogʻi ajratib olingan sunʼiy boʻyoqlar va kimyoviy qoʻshimchalar qoʻshilmagan tabiiy mahsulot ALHADAYA nomi ostidagi isteʼmolga qulay kapsulalar Oʻzbekistonda mavjudligiga guvoh boʻldik.

Inson uchun tabiiy shifoxona boʻlmish tabiatdan tanamizda yuz berishi mumkin boʻlgan barcha xastaliklarga davo topiladi. Har qanday dardga qarshi dorilar kasallikning ilk bosqichlarida samara beradi. Tabiiy vositalar esa immun tizimini kuchaytirib organizm oʻzini toʻliq tiklashiga yordam beradi. Unutmang, sogʻligingiz oʻz qoʻlingizda!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Fikr bildirish