Qidirish

17:20 / 2023-03-14 736 0 Hodisalar

Erining o‘ynashini tiz cho‘ktirgan ayolga chora ko‘rildi

Tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berildi.

world-news

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayol erining o‘ynashini tiz cho‘ktirdi” sarlavhasi ostida videolavha joylashtirildi. Mazkur videolavha yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishi olib borildi. 

Unga ko‘ra, 2022 yilning sentyabr oyida Jondor tumani “Pahlavon” mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan z.F. turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi D.D. ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, uning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitib, ushbu jarayonni videotasvirga olgan.

Holat fuqaro D.D. ning murojaati asosida o‘sha vaqtning o‘zida tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ma’muriy ish hujjatlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Tuman sudining 2022 yil 8 noyabr kunidagi qaroriga ko‘ra fuqaro z.F. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, ya’ni 1.200.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

“Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari bu kabi holatlarga bee’tibor bo‘lmaganliklari, biz bilan doimiy hamkorlikda bo‘lganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Fikr bildirish