So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Navoiyda xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O.ning Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda bo‘limdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitdan norozi bo‘lib, Prezident virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatlari agentlik tomonidan ko‘rib chiqilgan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, muallifning shikoyatlari hamda to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.
Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda ushbu XTB mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2022 yilning iyun-dekabr oylarida 43,6 million so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan 26 fevral kuni ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



