So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Zoyir Mirzayev tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi. 3 nafar hokim tushuntirish xati yozdi, bir qator «zam» hokimlarga «hayfsan» berildi
Yig‘ilishda bar qator mas’ullarning faoliyati keskin tanqid qilindi, ayrimlariga nisbatan chora ko‘rildi, ogohlantirildi.
Bugun, 13 mart kuni Nurafshon shahrida Zoyir Mirzayev raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazildi. Unda bir qator muhim masalalar tanqidiy tahlil qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 2023-yilning birinchi choragi yakuni bilan budjet tushunmlari prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, viloyatda dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, viloyat hokimining vakolatiga kiradigan boshqa muhim masalalar tanqidiy muhokama qilingan.

Yig‘ilishda bar qator mas’ullarning faoliyati keskin tanqid qilindi, ayrimlariga nisbatan chora ko‘rildi, ogohlantirildi.
Xususan, Qibray tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 373-sonli qaroriga asosan tumanda dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 30 gektar maydon haligacha auksionga chiqarilmagani uchun tuman hokimi ogohlantirildi, uning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.To‘ychiyevga “Hayfsan” intizomiy jazosi berildi.

Yangiyo‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari L.Badalovga nisbatan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 35 gektar yer maydonlarini zaxiraga olmaganligi uchun oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha taklif kiritildi.

Shuningdek, Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Mirsobirovga nisbatan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan yer maydonlarini ausionga chiqarilishini yetarli darajada nazoratga olmaganligi uchun “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi berildi.

Toshkent viloyatidagi qabristonlar uchun qo‘shimcha yer ajratish bo‘yicha berilgan takliflarga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini yakuniga etkazish topshirig‘i bajarilmaganligi viloyat hokimligiining tegishli kotibiyati mudiri A.Akramovga ham “Hayfsan” berildi.

O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l, Parkent tumanining hokimlari dehqon xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha 100 gektardan yer maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozadigan bo‘ldi.

“Xalqqa yer ajratib berish ishlarini paysalga solgan rahbarlar bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Bu aholining oziq-ovqat xavfsizligi va farovonligi bilan chambarchas muhim tarixiy voqea. Ochig‘i, bu boradagi hujjat ijrosi Toshkent viloyatida so‘zsiz bajarildi, deyish ham aslida kamlik qiladi. Biz ehtiyojlardan kelib chiqib, yana qo‘shimcha yer ajratishni o‘ylashimiz kerak. Toki, yer olaman, dehqonchilik qilaman, degan aholi, birinchi navbatda, yoshlarning shashtini qaytarmaylik”, – dedi Zoyir Mirzayev.
Yig‘ilishda viloyat hokimligi va shahar-tumanlar hokimliklari xodimlarning o‘ziga ajratilgan xizmat kompyuterlaridan maqsadli foydalanishi ustidan o‘tkazilgan ichki monitoring natijalari o‘qib eshittirildi.

Ish soatini maqsadsiz sarflagani aniqlangan xodimlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish, ta’sirchan chora ko‘rish tavsiya etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir