So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mehriddin Abdullayev eski ish joyiga qaytdi
Abdullayev o‘rnini 2019-2020 yillarda esa “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi bo‘lgan Sidiqov egalladi.
Prezident farmoni bilan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Mazkur tayinlovga qadar, Mehriddin Abdullayev 2020 yil yanvaridan buyon “O‘zbekneftgaz” AJ raisi lavozimida ishlayotgandi. Qayd etish kerak, Abdullayev 2022 yil dekabr oyida energetika inqirozi sabab boshqa mas’ullar qatorida hayfsan olgandi.
Eski ish joyiga qaytgan Abdullayevning o‘rniga, Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli "Yoshlik" konini o‘zlashtirish loyiha ofisi rahbari, 2019-2020 yillarda esa “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Mehriddin Abdullayev Hisob palatasida avval ham faoliyat yuritgan: 2017 yil dekabrda palata raisining o‘rinbosari, 2019 yil sentyabrda birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
U turli yillarda Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir