So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiya Baxmutda mingdan ortiq askarlarini yo‘qotdi
Qurolli to‘qnashuvlarda Rossiyaning 1500 nafar askarlari yaralangan, o‘nlab rus texnikasi yo‘q qilingan, 10 dan ortiq rus o‘q-dorilar ombori yoqib yuborilgan.
Rossiya Baxmutda mingdan ortiq askarlarini yo‘qotdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina sharqidagi qamal ostidagi Baxmut shahrida davom etayotgan janglarda Rossiya kuchlariga katta zarar yetkazilganini ma’lum qildi.
Yakshanba oqshomidagi nutqida Zelenskiy bir haftada Baxmut yo‘nalishida 1100 dan ortiq Rossiya askarlari yo‘q qilinganini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qurolli to‘qnashuvlarda Rossiyaning 1500 nafar askari yaralangan, o‘nlab rus texnikasi yo‘q qilingan, 10 dan ortiq rus o‘q-dorilar ombori yoqib yuborilgan.
Ukraina Quruqlik kuchlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Sirskiy dushanba kuni Baxmut atrofidagi vaziyat og‘irligicha qolayotganini ta’kidladi
“Vagner” hujum bo‘linmalari bir necha yo‘nalishdan oldinga o‘tib, qo‘shinlarimiz mudofaasini yorib o‘tishga va oldinga o‘tishga harakat qilmoqda. Shiddatli janglarda himoyachilarimiz dushmanga katta talofatlar yetkazmoqda.
Dushmanning shaharni egallashga bo‘lgan barcha urinishlari artilleriya, tanklar va boshqa o‘q otish vositalari bilan qaytarilmoqda”, — dedi Sirskiy.