So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Toshkent viloyatida MCHJ rahbari, uning otasi va mahalla raisi 100 ming dollar olayotganda ushlandi – DXX
Bundan tashqari, Jizzax hamda Andijonda ham shunga o‘xshash holatlar sodir bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti hamkorlikda Respublikaning bir nechta hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
MCHJ rahbari, uning otasi va mahalla raisi “qarmoqqa” tushdi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ rahbari hamda uning otasi, shuningdek, Qibray tumanidagi mahallalardan birining raisi o‘zaro kelishgan holda, Ohangaron tumanida joylashgan mazkur MCHJga tegishli 270 gektar va unga tutash bo‘lgan tuman hokimligi zaxirasidagi 150 gektar, jami 420 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 700 ming AQSH dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur 3 nafar fuqaro so‘ralgan puldan 100 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtlarida ushlandi.
Jizzaxda yerdan “soqqa” qilgan MCHJ rahbari qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari mazkur tumanda joylashgan boshqa 2 ta MCHJga qarashli 50 gektar yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, xaridorga 60 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtiradi.
Shuningdek, ushbu 50 gektar yerdan 30 sotixini viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi yordamida noturar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga qo‘shimcha 4 ming AQSH dollari so‘raydi.
DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari hamda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi xaridordan 64 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Zahiradagi yer maydonini 38 ming “ko‘kkat”ga pullamoqchi bo‘lgan tezkor tadbirda qo‘lga tushdi
Andijon viloyatida qayd etilgan holatda Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 144 kvadrat metr bo‘sh yer maydonini aldov yo‘li bilan go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 38 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



