So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi
Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib chiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha turgan vazifalarni belgilab berdi.
Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan, Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini tavsiya etdi.
Nomzodning viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.

So‘ng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib chiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha turgan vazifalarni belgilab berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ulug‘bek Qosimov — 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bo‘lib ishlagan.
U 2018 yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil sentyabrida Farg‘ona viloyatiga prokuror bo‘lgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir