So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiylik deputat og‘ir hastalikdan vafot etdi
Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi deputi, Zarafshon shahar ma’naviyat va marifat bo‘limi mudiri Dilnavoz Nosirova 34 yoshida vafot etdi.
Joriy yilning 13 fevral kuni Dilnavoz Nosirova sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ma’lum muddat ijtimoiy tarmoqlarga kira olmasligini yozgan.
“Sizlarda ham shundaymi? Kech tushishi bilan uxlolmayman, ӯzimni tashvishlarim qolib, dunyo va bizda bӯlayotgan ishlar haqida o'ylayveraman, o'ylayveraman...
Doridan vafot etgan bolajonlar, 12 yoshli qizaloq... Aybdorlarga qanaqa chora kӯrishdi ekan? Turkiyadagi qardoshlar, Suriyadagi begunohlar taqdiri, urushlar, vijdonsiz rahbarlar, endi esa bedarak yӯqolayotgan qizlar, gaz, energetika mashmashasi, to'kilib borayotgan uylar, yetmaganidek ӯzimizdagi tibbiyotning ahvoli...
Bunaqada miya bir nima bo'lib ketishi hech gapmas. Qaniydi ӯylagan bilan bir nima ӯzgarsa,ammo baribir befarq bo'lolmayman.
Sog‘ligimga juda ta’sir qilayotgani uchun yaqinlarimdan ham vrachimdan ham gap eshitaman. Malum muddat ijtimoiy tarmoqlarga kirmasammikan hayronman”, — deb yozgan u.
Ma’lumot o‘rnida, Dilnavoz Nosirova — 1989 yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi adabiyotshunos va pedagog