So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda 11 sinf oʻquvchisi tengdoshini pichoqlab qoʻydi
Maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi ziddiyat basketbol oʻynayotgan vaqtida yuzaga kelgan.
Toshkent shahrida 11 sinf oʻquvchisi oʻzining tengdoshini pichoqlab qoʻydi. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 11-mart kuni taxminan soat 14.00 larda Mirobod tumanidagi maktablardan birining 11-sinf oʻquvchilari: 2006-yilda tugʻilgan T.A. hamda 2005-yilda tugʻilgan O.J., shu tumandagi sport maydonchalaridan birida basketbol oʻynayotgan vaqtida oʻzaro ogʻzaki gap talashib qolganlar.
Shundan soʻng, voyaga yetmagan 2006-yilda tugʻilgan T.A. ushbu kelishmovchilikni tinch yoʻl bilan hal qilish oʻrniga, oʻzi bilan olib kelgan pichoq bilan 2005-yilda tugʻilgan O.J.ni bel sohasiga bir marotaba urgan. Natijada, O.J. tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun shifoxonaga olib borilgan. Hozirda O.J.ning holati qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov olib borilmoqda.
“Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga pichoq yoki boshqa sovuq qurollar muammoning yechimi emasligini, har qanday nizoni ogʻzaki hal qilish mumkinligini, qonunlarga rioya etish lozimligini tushuntiring”, — deyiladi xabarda.