So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qarshida YPX xodimiga pora berishga uringan haydovchi qoʻlga olindi
2022-yil 9-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Xonabod va Jayhun koʻchalari kesishgan chorraha yaqinida YPX xodimi J.Hasanov tomonidan “Epica” rusumli avtomobil haydovchisi toʻxtatilgan. Tekshiruv davomida haydovchi U.B.ning ogʻiz boʻshligʻidan spirtli ichimlik hidi kelganligi bois, YPX xodimi uni tekshiruvdan oʻtishga taklif qilgan.
Haydovchi spirtli ichimlik ichganligini oʻzi tan olgan, lekin tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortgan. Belgilangan tartibda bayonnoma tuzilib, avtomobilni jarima maydoniga olib borish vaqtida, haydovchi chora koʻrilmasligi evaziga YPX xodimi 1,5 mln soʻm miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Xodim ushbu holat yuzasidan IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlariga xabar berib, pora taklif etayotgan haydovchiga qonuniy chora koʻrilishini soʻragan.
Shu kuni soat 19:10larda, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir davomida, Qarshi shahrida joylashgan “Avto-asl-baraka” MCHJga qarashli jarima maydoni yaqinida fuqaro U.B. YPX xodimiga 2 mln soʻm miqdoridagi pullarni chora koʻrilmasligi evaziga pora tariqasida berayotgan vaqtda qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.