So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoylik investor Namanganda quyosh panellarini ishlab chiqarishni boshlaydi
Xitoylik tadbirkor hozirgacha 3,5 million dollar investiya kiritgan va hozirda sobiq “Kosonsoy tekmen” binosida tekstil va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va tashkil etish bilan shugʻullanib kelmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov xitoylik yirik tadbirkor “Huaneng
Power International HPI” Inc. xorijiy korxonasi rahbari, investor Lu Chang Liang qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, hozirga kunda ushbu xorijiy korxonaning loyihasi “Chang Liang toʻqimachi” korxonasi Kosonsoy tumanining sobiq “Kosonsoy tekmen” binosida tekstil va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va tashkil etish bilan shugʻullanib kelmoqda hamda 3,5 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritgan.

Uchrashuvda xitoylik investor joriy yilda Namangan viloyatida elektr energiyasi loyihalari takliflarini bergan. Lu Chang Liang quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihasini aynan Namangan viloyatida amalga oshirish istagini bildirgan.
Shavkatjon Abdurazakov ushbu loyihalar toʻliq qoʻllab-quvvatlanishi hamda qonun doirasidagi barcha imkoniyatlar yaratib berilishini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, tadbirkor rahbarlik qiladigan “Huaneng Power International HPI”korxonalari asosan Xitoy boʻylab yirik elektr stansiyalarini ishlab chiqish, qurish, ishlatish va boshqarish bilan shugʻullanadi, kompaniya mamlakatdagi eng yirik energiya ishlab chiqaruvchilardan biridir.

Kompaniya nazorat qiluvchi ishlab chiqarish quvvati 113,357 MVt va kapitalga asoslangan ishlab chiqarish quvvati 98,948 MVtni tashkil qildi.
Kompaniyaning mahalliy elektr stansiyalari 26 viloyat, avtonom viloyatlar va munitsipalitetlarda joylashgan. Kompaniya, shuningdek, Singapurdagi energetika kompaniyasiga toʻliq egalik qiladi va Pokistondagi energetika kompaniyasiga sarmoya kiritadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir