So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Toshkentda oʻquvchini doʻpposlagan ayol oʻqituvchi ishga tiklandi. Umarova maktabga ishchi guruh “tashladi”
Vazir topshirigʻiga asosan Toshkent shahridagi 152-maktabda yuzaga kelgan holat oʻrganib chiqiladi. Maktabga ishchi guruh tashrifidan soʻng ishdan boʻshatilgan oʻqituvchi yana vazifasiga tiklangan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning koʻrsatmasiga asosan Toshkent shahridagi 152-maktabda yuzaga kelgan holat hamda maktabdagi taʼlim va tarbiya jarayonlarini oʻrganib chiqish boʻyicha vazirlik Ishchi guruhi tuzildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumki, ayni damda oʻqituvchining maktabdagi nosogʻlom muhit boʻyicha ijtimoiy tarmoq faollariga murojaati keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Shu oʻrinda jamoatchilik vakillaridan har ikki tomonni oʻrgangandan soʻng xolis axborot tarqatishlarini, shuningdek vazirlik ishchi guruhi bilan birgalikda oʻrganish jarayonlarida ishtirok etishlari mumkinligini bildiramiz, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, maktabda oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida yuzaga kelgan nizoli holat boʻyicha oʻquvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Sud qarori bilan oʻquvchining onasi va maktab oʻqituvchisiga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.
Ishchi guruhning oʻrganish natijalari jamoatchilikka maʼlum qilinadi. Yuqoridagi holat nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarni ham hushyor boʻlishga undashi kerak. Sababi farzandlarimiz maktabga taʼlim olish uchun keladi, tarbiya esa ota-ona zimmasida boʻlishi lozim.
“Shu oʻrinda oʻqituvchilardan ham oʻquvchilar bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganda, pedagogga xos boʻlgan taʼsir choralarini qoʻllashi lozimligini, har qanday holatda oʻzini qoʻlga olib, bolaning ota-onasi bilan birgalikda muammoga yechim topishi zarurligini yana bir bor eslatib oʻtamiz”, deyiladi vazirlik axborotida.



