So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Regapen, Zardeks va “gashish” — DXX “qarmogʻi”ga narkokuryerlar ilindi
Qoʻlga olinganlarning deyarli barchasi “ajal ogʻusi”ni qoʻshni Qirgʻizistondan olib oʻtib, pullamoqchi boʻlishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Respublikaning bir nechta hududida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda DXX Axborot xizmati xabar bermoqda.
Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Surxondaryo – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan Denov shahrida yashovchi, 1980-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina “Sirdaryo” YPX maskanida toʻxtatilib tekshirildi. Natijada avtomashina salonida 999 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mazkur shaxs muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun jazo muddatini oʻtagan boʻlsada, xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Qirgʻizistonlik narkokuryer tezkor tadbirda qoʻlga tushdi
Boshqa bir holatda esa 1968-y.t. Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi 395 gr. “gashish” moddasini kontrabanda yoʻli bilan Oʻzbekistonga olib kelib, Oltinkoʻl tumanida yashovchi, 1986-y.t. ayol bilan birgalikda uni sotishni rejalashtirishadi.
DXX Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular 186 gr. “gashish” moddasini Andijon shahrida yashovchi, 1963-y.t., muqaddam sudlangan shaxsga 1600 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 600 AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi. Shuningdek, ayolning uyidan narkotik moddaning qolgan 209 gr. qismi ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
“Aptechniy” narkotikdan kun koʻrganlar ushlandi
DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda poytaxt hududida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanuvchi 3 nafar shaxs ushlanib, ulardan 19340 dona “Zardeks” dori vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Aniqlanishicha, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan.
Bundan tashqari, Qibray tumanida yashovchi, 1991-y.t., muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi, shahar IIBB Yoʻl-patrul xizmati hamda Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.



