So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Islomjon Ergashxoʻjayev Jizzax viloyati prokurorligi lavozimida qoldi
Ergashxodjayev 2011-yil Pskent tumani hokimi, 2016-yil Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
Oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, Toshkent viloyati va Pskent tumaniga hokim boʻlgan Islomjon Ergashxoʻjayev oʻz lavozimida qoldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Islomjon Ergashxoʻjayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Islomjon Ergashxoʻjayev — Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1999-2004-yillarda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.
2009-yilgacha Toshkent shahar Mirobod tumani prokurori lavozimida ishlagan. 2009-2011-yillarda Oxangaron shahar prokurori etib tayinlangan.
2011-yildan Pskent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2016-yilning mart-avgust oylarigacha viloyat hokimining maʼmuriy-huquq masalalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va yoshlar siyosati boʻyicha birinchi oʻrinbosari. 2016-yil 12-avgustdan 14-dekabrgacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir