So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Kattaqoʻrgʻon hokimligining 200 mln soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi” – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligining 200 mln soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, agentlik tomonidan olib borilgan monitoring natijasida Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi buyurtmachiligida ayollar daftarida turgan fuqarolarga tikuv mashinalari xarid qilish yuzasidan 13-fevral kuni oʻtkazilgan 200 mln soʻmlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilish holatlari mavjudligi oydinlashgan.
Xususan, monitoring natijalari mazkur davlat xaridi boʻyicha “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi (Raqobat va xolislik prinsipi), 23-moddasi ( Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) 14-moddasi (Manfaatlar toʻqnashuvi), 42-moddasi (Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) va 46-moddasi (Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi, jumladan, davlat xaridlarida ishtirok etgan 3 ta talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, yaʼni oʻzaro affillanganligi holatlari mavjudligini koʻrsatgan.
Shuningdek, ushbu davlat xaridi boʻyicha Xarid komissiyasi tomonidan foydalangan kompyuterlarning IP-manzillari maʼlumoti oʻrganilganda xarid komissiyasining barcha aʼzolari 5 daqiqa vaqt ichida IP-manzili bir kishiga tegishli boʻlgan kompyuter orqali boshqarilib, xarid natijalari baholangan va bayonnoma rasmiylashtirilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, xaridda ishtirok etgan 3 ta ishtirokchining hujjatlari ham Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligiga tegishli boʻlgan (foydalangan) kompyuterning IP-manzili orqali maxsus elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holatlar boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Samarqand viloyat hokimligiga soʻrovnoma kiritilgan.
Viloyat hokimligi tomonidan 2023-yil 27-fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga koʻra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan hamda oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xarid komissiyasining raisiga nisabatan maʼmuriy, bir nafar komissiya aʼzosiga esa intizomiy javobgarlik qoʻllanilgan.



