So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryo MIB “ERIELL”dan salkam 20 mlrd qarzdorlikni undirdi
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi PU “ERIELL NEFTEGAZSERVICE”dan soliq organlari foydasiga qariyb 20 mlrd qarzdorlikni undirdi. Bu haqda viloyat boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Byuroning Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo Davlat soliq idorasining qarorlari asosida berilgan jami 23 dona ijro hujjatlariga asosan qarzdor PU “ERIELL NEFTEGAZSERVICE”dan soliq organlari foydasiga 20 mlrd, 623,0 mln soʻm undirish haqidagi ijro varaqalari yuzasidan ijro ishi yuritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ijro harakatlari jarayonida qarzdor PU “ERIELL NEFTEGAZSERVICE”dan 28.02.2023-yilda 10 mlrd, 552.0 mln soʻm 01.03.2023-yilda 9 mlrd, 208,0 mln soʻm jami 19 mlrd, 760,0 mln. soʻm qarzdorlik undirilgan.