So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Haydovchining uxlab qolishi tufayli 3 kishining umriga zomin bo'ldi
Samarqandda jiddiy YTH sodir boʻldi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida “Buxoro – Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” haydovchisi yoʻlda uxlab qolishi oqibatida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, M-37 avtomobil yoʻlining 44-kilometrida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” yoʻlning oʻng tarafida toʻxtab turgan yuk mashinasining orqasiga kelib urilib, yoʻl transport hodisasini sodir qilgan.
Oqibatda “Lacetti” haydovchisi va ikki yoʻlovchi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Bir yoʻlovchi esa shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasining 3 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.