So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda 14 yoshli qizni oʻgʻirlab ketgan erkak qamoqqa olindi
Ushbu voqea 8-mart kuni tongida sodir boʻlgan.
Samarqand shahrida 14 yoshli qizni mashinasida oʻgʻirlab ketgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning 8-mart kuni soat taxminan 8:00larda, 1985-yilda tugʻilgan fuqaro S.U. mast holda oq rangli “Nexia-3” rusumli avtomashina bilan Samarqand shahar Dahbed koʻchasidagi oʻquv markazi oldida turgan 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qizga oʻzini kirakash deb tanishtirib, uni uyiga olib borishini aytib, aldab oʻtirgʻizib, uyiga olib bormasdan, boshqa tomonga boshqarib ketgan.
Voyaga yetmagan qiz mashinadan tushib qolmoqchi boʻlganda u mashina eshiklarini qulflab qoʻygan va mashinani Oqdaryo tumani Boshdarxon MFY, Yangi obod qishlogʻigacha boshqarib borib, avtomashinasini shinasi bosimi chiqib ketganligi sababli avtomashinadan tushib, gʻildiraklariga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan tushib, qochib ketib, shu yerda boʻlgan fuqarolardan yordam soʻragan. Holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. qoʻlga olinib, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi (Odam oʻgʻirlash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.