So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston Eronning SHHTga aʼzo boʻlish majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumni tasdiqladi
SHHT tartiblariga muvofiq, memorandum tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlat maqomini olish majburiyatini toʻgʻrisidagi memorandumni tasdiqladi. Bu haqda Prezidentning qarorida maʼlum qilingan.

“Eron Islom Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat maqomini olish boʻyicha majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum tasdiqlansin”, — deyiladi Lex.uz qonunchilik milliy maʼlumotlar bazasi saytida eʼlon qilingan qaror matnida.
Mirziyoyev mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga mazkur memorandumning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalarining Oʻzbekiston tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida SHHT kotibiyatiga bildirishnoma yuborishni topshirdi.
2022-yil 15-sentyabrda Eron tomoni Samarqandda SHHTga aʼzo davlat maqomini olish boʻyicha majburiyat memorandumini imzoladi, 27-noyabrda esa milliy parlament Eronning tashkilotga kirishi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Majburiyat memorandumi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi 2023-yil 25-yanvarda qabul qilingan. SHHT tartiblariga muvofiq, memorandum tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.
Maʼlumot oʻrnida, SHHT — 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston ishtirok etadi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir