So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Gruziyada norozichilik namoyishi davom etmoqda
Bir kun avval parlament binosi oldida xorijiy agentlar haqidagi qonunga qarshi norozilik mitingi boʻlib oʻtgan edi.
Xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga qarshilar yana Tbilisining markaziy Rustaveli xiyobonida toʻplanishmoqda, dedi muxolifatdagi “Birlashgan milliy harakat” partiyasi aʼzosi Akaki Minashvili.
“Faollar, Gruziya fuqarolari turli joylardan parlament tomon harakatlanmoqda. Bugun soat 19:00 (Moskva vaqti bilan 20:00)da boʻlib oʻtadigan keng koʻlamli aksiyaga turli kasb va idoralar vakillari qoʻshiladi”, — dedi u.
Bir kun avval parlament binosi oldida xorijiy agentlar haqidagi qonunga qarshi norozilik mitingi boʻlib oʻtgan edi. Politsiya namoyishchilarga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichdan foydalanishga majbur boʻldi. Keyinroq prezident Salome Zurabishvili videomurojaat qilib, namoyishchilarni qoʻllab-quvvatlab, veto qoʻyishga vaʼda berdi.
Seshanba kuni kechqurun mamlakat parlamenti muxolifatning noroziligiga qaramay, birinchi oʻqishda koʻpchilik ovoz bilan xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Gruziya parlamentiga taqdim etilgan “Xorijiy taʼsirning ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xorijiy davlatdan mablagʻ oluvchi subyektlar reestrini yaratish taklif qilinmoqda.
Parlamentda koʻpchilikni tashkil etuvchi hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakillari yangi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlash niyati borligini maʼlum qildi va agar prezident Salome Zurabishvili veto qoʻysa, deputatlar uni yengib oʻtishga harakat qiladi. Muxolifatchilarga koʻra, ehtimoliy yangilik mamlakatni Yevropa Ittifoqidan uzoqlashtiradi.