So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
BAA zilziladan talofat koʻrgan Turkiya va Suriyaga 202 ta samolyot yubordi
Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 45 mingdan oshdi.
Fevral oyi boshidan beri Birlashgan Arab Amirliklari Turkiya va Suriyadagi falokat zonasi aholisiga 5715 tonna insonparvarlik yordami bilan jami 202 ta samolyot yubordi.
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi, Otliq-2 tashabbusi doirasida epitsentri Turkiyaning Qahramanmarash shahrida bo'lgan vayronagarchilikli zilzila qurbonlariga yordam ko'rsatish davom etayotganini ma'lum qildi.
Xuddi shu maqsadda Turkiyaning Gaziantep viloyatida dala kasalxonasi tashkil etilgan bo‘lib, hozirgacha falokat zonasining 3500 nafar aholisiga yordam ko‘rsatildi.
WAM 2 mart kuni BAAdan Turkiya va Suriyaga 4413 tonna insonparvarlik yordami bilan 134 ta yuk samolyoti yuborilganini xabar qildi.
6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 45 mingdan oshdi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir