So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoy Ukrainada yadro xavfsizligini taʼminlash uchun 200 ming yevro ajratadi
Pekin MAGATEning Ukrainadagi yadroviy inshootlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Xitoy hukumati Ukrainada yadro xavfsizligini taʼminlash uchun 200 ming yevro ajratadi. Bu haqda chorshanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning maʼlum qildi.
“Xitoy yadroviy xavfsizlik masalasiga katta eʼtibor qaratmoqda. Xitoy Ukrainada yadro xavfsizligini taʼminlash boʻyicha loyihalarni texnik qoʻllab-quvvatlash uchun MAGATE orqali 200 ming yevro ajratishga qaror qildi”, — deydi Mao Ning.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining soʻzlariga koʻra, Pekin MAGATEning Ukrainadagi yadroviy inshootlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
“Xitoy adolatli va oʻzaro manfaatli xalqaro yadroviy xavfsizlik tizimini yaratish yoʻlida jahon hamjamiyati bilan ishlashda davom etadi”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Mao Ningning aniqlik kiritishicha, XXR hukumati tinch muloqot va Ukraina mojarosini hal qilishning siyosiy jarayonini ilgari surishda davom etadi.
“Biz yadroviy xavfsizlik sohasidagi asosiy xavf omillarini yoʻq qilamiz, Ukraina yadroviy obyektlarida xavfsizlikni taʼminlaymiz”, - deya xulosa qildi u.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir