So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangilandi
Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.
“Yuksalish” umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari va tashkilotlaridagi rahbar ayollar roʻyxatini yangiladi.
Rahbar ayollarning kuchli qirqtaligiga bir necha nodavlat tuzilmalari vakilalari ham kiritilgan. Bunga ularning davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etayotgani sabab boʻlgan.

Oʻrganish natijalari Oʻzbekistonda tuzilmaviy va institutsional oʻzgarishlar izchil davom etayotganini, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilayotganini, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va mavqei ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy taʼlimda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakat Senatini ayol kishi boshqarmoqda. 2021-yilda Oʻzbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi (deyarli ikki baravar oʻsgan). Ushbu koʻrsatkich boʻyicha dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-oʻringa koʻtarildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir