So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yangiyoʻl tumangazning «kattasi” va “Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq rahbari hibsga olindi
Bugun, 11-dekabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib taʼminlash masalalari boʻyicha Respublika shtabining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida tanqidiy ruhda boʻlib oʻtgan.
Respublika shtabi yigʻilishida Bosh prokurorning maʼlum qilishicha, “Yangiyoʻl tumangaz” rahbari Umid Toʻychiyev va “Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
“Agar boshqa hududlardagi masʼullar ham bundan toʻgʻri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻysa, ularga ham albatta xuddi shunday jinoiy ish qoʻzgʻatiladi”, — dedi Sardor Umurzakov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev “Hududgaztaʼminot” AJning Toshkent viloyati boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi boʻlgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganini maʼlum qilgandi.