So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Farhod Mannopovning rafiqasi xalqqa murojaat qildi
Blogerning oʻlimi ortidan jinoyat ishi ochilib, hozirda tergov olib borilmoqda.
Marhum bloger Farhod Mannopovning rafiqasi Munavvar Mannopova ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga murojaat bilan chiqdi.
“Hammaga Assalomu alaykum, avvalambor hamma yozib turganlarga rahmat, ilohim qilib turgan duolaringni Alloh oʻz dargohida qabul qilsin. Iltimos! “Bu oʻlim shu insonni deb boʻldi”, “oʻzi nimadan oʻldi?”, “Qanaqa boʻldi?” degan savollarni bermanglar.
Hammamiz musulmonmiz va hammamiz Robimiz yagona Alloh ekanligiga iymon keltirganmiz. Shunday ekan, bu vaziyatda hech kimni aybi yoʻq. Alloh xohladi boʻldi. Bu dunyoda kim kelishi va qachon ketishini biz hal qilmaymiz. Inson bu dunyoga kelganda hech kim aybdor boʻlmaydiku! Nega oʻlganda kimdir aybdor boʻlishi kerak?
Shunday ekan ozgina vaqtga shaytonga quloq solmasdan. Agar rostdan Farhod akani hurmat qilsanglar, bizning oilani oʻylasanglar, yordam bermoqchi boʻlsanglar, qoʻyilayotgan post, izohlarning oʻrniga Qurʼondan bir dona boʻlsa ham sura oʻqib, ularga baxshida qilinglar. Bu ishni qilgan yoki qilmaganinglarni yozishinglar shart emas, buni Alloh bilsa boʻldi!”, — deb yozdi Mannopova.
Qayd etish kerak, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farxod Mannapovning vafot etganligi yuzasidan tekshirish oʻtkazildi.
Holatga aloqador shaxslarni batafsil soʻroq qilish, koʻp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻqligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.