So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Serbiya-Kosovo oʻrtasidagi vaziyat taranglashdi. Vuchich oldida ikkita yoʻl turibdi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovodagi vaziyat boʻyicha Milliy xavfsizlik Kengashi bilan favqulodda yigʻilish oʻtkazmoqda. Ushbu yigʻilish fonida ayrim Telegram kanallarda Serbiya maxsus harbiy otryadi Kosovo tomon ketayotgan videolar tarqalmoqda.

“Bugun mening tariximdagi eng ogʻir kecha boʻlishi mumkin”, — dedi Vuchich.
Kosovo bosh vaziri Albin Kurti serblardan 11-dekabr kun oxirigacha barrikadalarni olib tashlashni talab qildi, aks holda ularni olib tashlash uchun barcha choralarni koʻrishni aytdi. 
Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Yevropa Ittifoqi Kosovodagi EULEX missiyasiga hujumlarga toqat qilmasligini taʼkidladi.

“Yevropa Ittifoqi Kosovodagi EULEXga hujumlar yoki shimolda zoʻravonlik, jinoiy harakatlardan foydalanishga toqat qilmaydi. Kosovo serblari guruhlari tomonidan barrikadalar zudlik bilan olib tashlanishi kerak. Tinchlikni tiklash kerak. EULEX Kosovo hukumati va KFOR bilan muvofiqlashtirishda davom etadi. “Barcha ishtirokchilar eskalatsiyadan qochishlari kerak”, — deb yozadi Borrell Twitterʻdagi sahifasida.
Serbiya Tashqi ishlar vazirligi shtat kotibi Nemanya Starovich Kosovo atrofidagi vaziyatning “"qaytib boʻlmaydigan nuqtaga yaqinlashayotganini” aytdi va “Gʻarbning qasddan koʻrligi sheriklik bilan barobar” — dedi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir