So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, mazkur uchrashuvda Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan xalq tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari boʻyicha maslahatlashuv boʻlib oʻtdi.

Deputatlar jamoatchilik tomonidan yuborilgan 200 mingdan ortiq takliflarning har birini sinchiklab oʻrganib chiqishdi, bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.
Bir necha oy davom etgan oʻrganishlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi.

Ushbu qonun loyihasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat boshqaruvi sohalariga oid oʻta muhim oʻzgarishlar aks etgani sababli qonun loyihasini referendumga qoʻyishdan avval deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusiga ega subyektlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazmoqda.

Bunda parlament va hukumat, jamoatchilik vakillari qonun loyihasiga oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Shuningdek, qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida koʻrib chiqilishi va xulosa berilishi qayd etildi.
Izohlar 1
G'ayratjon Xurshidov
2023-Mar-08 03:30Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir