So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston harbiy shifokorlari Turkiyadan qaytib keldi
Yaqin bir oy vaqt davomida Mudofaa vazirligining malakali harbiy xizmatchilaridan iborat tibbiy otryadi 3860 nafar fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishga muvaffaq boʻldi.
Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining malakali harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.


Mudofaa vazirligining malakali harbiy xizmatchilaridan iborat tibbiy otryad 8-fevral kuni Turkiyaga joʻnab ketgan edi. Shu vaqt davomida ular jami 3860 nafar fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatdi, ulardan 1795 nafarini erkaklar, 1177 nafarini ayollar va 888 nafarini bolalar tashkil etdi.





6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Kaxramanmarash viloyatida 9 soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir boʻldi. Rasmiylar bu misli koʻrilmagan “asr falokati” ekanini aytdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, zilzilalar qurbonlari soni 45 mingdan oshdi.