So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
9 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan sobiq bank boshqaruvchisi va MCHJ rahbariga jinoyat ishi ochildi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Piskent tumanida 9 mlrd soʻm kreditni oʻzlashtirgan MCHJ rahbari va sobiq bank boshqaruvchisi aniqlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Piskent filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unga koʻra, “Kh.S.” va “A-B.” MCHJlar rahbari N.S. va boshqalar ushbu bank filiali sobiq boshqaruvchisi R.M. bilan oʻzaro til biriktirib, boshqa bank filialida garovga qoʻyilgan mulklarni qalbaki hujjatlar asosida takroran garovga qoʻyish orqali tadbirkorlik va chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun jami 9 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishib, mazkur mablagʻlarni “P.” MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 28, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.