So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Migrantlarni urushga chorlovchi reklamalar efirdan olib tashlandi
Xabaringiz bor, Moskva shahridagi avtobuslarda joylashtirilgan eʼlonlarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlarni oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlanib, evaziga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini qoʻlga kiritishga targʻib qilingan edi.
“Mosgortrans” DUK ushbu eʼlonlar chindan ham namoyish etilganini tasdiqlagan, ammo eʼlonlar hozirda olib tashlanganini maʼlum qildi.
“Mosgortrans”dagilar TASS agentligiga eʼlonlar “Saxarovo” migratsiya markazi rahbariyati murojaati asosida ikki oy muddatga Ms1, Ms2 va Ms3 yoʻnalishlaridagi avtobuslarga joylashtirilgan boʻlganini xabar qilgan.
“Xabar efirdan olingan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Qayd etish joiz, sentyabr oyida Davlat dumasi maʼqullagan tegishli oʻzgartirishlarga koʻra Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarida bir yillik xizmat boʻyicha shartnoma tuzadigan chet elliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkinligi belgilangandi.
Shundan soʻng, Moskva meri Sergey Sobyanin Saxarovodagi migratsiya markazida Rossiya mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy fuqarolarni harbiy xizmatga qabul qilish uchun infratuzilma yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi ham xorijdagi oʻzbekistonliklarga murojaat qilib, chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanish javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir