So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda talaba yigit bosqinchilikda ishtirok etdi
Toshkent shahrida “Paynet” shahobchalaridan birida ikki nafar shaxs bosqinchilik uyushtirdi.
Toshkent shahrida “Paynet” shahobchalaridan birida ikki nafar shaxs bosqinchilik uyushtirdi. Bu haqida poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida bosqinchilikni maqsad qilgan ikki nafar shaxs “Paynet” shahobchasiga pichoq bilan bostirib kirishgan va doʻkon sohibidan pullarini chiqarishi talab qilishgan. Ular oʻsha paytda kirib qolgan mijoz tufayli oʻz ishlarini oxiriga yetkaza olishmagan.
Maʼlum qilinishicha, bosqinchilardan biri 33 yoshli Zuhriddin avval ham shunday jinoyat sodir etganlikda ayblanib, jazoni oʻtab chiqqan, ikkinchisi esa universitet talabasi hisoblanadi.
Talabaning aytishicha, u ota-onasidan telefon apparatini sotib olish uchun pul soʻragan. Ular esa biroz kutib turishini aytishgan. Yigit qiziqqonligi sabab telefon uchun oʻzi pul topishni maqsad qiladi va jinoyatga qoʻl uradi.
Ularga nisbatan qamoqqa olish jazosi tayinlangan.