So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorlar qoʻlga olingani rad etildi
Текширув доирасида шифокорларнинг хатти-ҳаракатлари бўйича хизмат текшируви тайинланган.
Xabaringiz bor, bugun, 5-mart kuni Oʻzbekistonning mashhur blogerlaridan biri, “Mittivine” asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi.
Blogerning vafot etishi ortidan tarmoqlarda, Mannopovni operatsiya qilgan shifokorlar hibsga olingani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Biroq Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ushbu xabarlarni inkor qilib, hozirda holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.
Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
“Farhod Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bosh prokuratura jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, Farhod Mannopovning Instagramʻda 1,2 mln obunachisi bor edi.