So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorlar hibsga olingani aytilmoqda
Mannopovning janoza namozi asr vaqtida “Chimir ota” masjidida oʻqiladi.
Xabaringiz bor, bugun, 5-mart kuni Oʻzbekistonning mashhur blogerlaridan biri, “Mittivine” asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi.
Norasmiy manbalarning xabar berishicha, jarrohlik amaliyotida ishtirok etgan barcha shifokorlarga jinoyat ishi ochilib, hibsga olingan.
Qayd etish kerak, bloger basseynda choʻmilish vaqtida burnidan oʻrta darajali jarohat olgan. Shundan soʻng, u “Star Med” klinikasiga borgan. Tekshiruvlardan soʻng, doktor Mannopovga burun sohasida operatsiya oʻtkazish lozimligini aytgan.
Koʻp oʻtmay bloger jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazgan, ammo operatsiya vaqtida Mannopovga keragidan ortiq, narkoz joʻnatilgan.
Natijada, Farhod Mannopov koma holatiga tushib qolgan. Afsuski, muvaffiqiyatsiz operatsiyadan 36 soat oʻtib, bloger yorugʻ olamni tark etgan.
Mannopovning janoza namozi “Chimir ota” masjidida oʻqiladi.
“Janozaga kelmoqchi boʻlganlar albatta kelinglar. Kela olmaganlar DUO qiling. Doʻstimizni bilib-bilmay qilgan gunohlarini Allohim magʻfirat qilsin”, — deyiladi xabarda.