So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sirdaryoda er tibbiyot kolleji hududida xotini va oʻzini pichoqlab oʻldirdi
Ushbu mashʼum voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab boʻlgan.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida erkak oʻzi va xotinini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2-mart kuni soat 08:20 atrofida Yangiyer shahar tibbiyot kollejida “Davlatobod” mahallasida yashovchi fuqaro R. U. oʻzidagi oshxona pichogʻi bilan turmush oʻrtogʻi D. U.ning oʻng boʻyin, oʻng va chap koʻkrak, chap oyoq boldir sohalariga jami yetti marotaba urib, qasddan oʻldirgan. 41 yoshli marhuma kollejning 2-bosqichida oʻqigan, voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab boʻlgan.
Shundan soʻng 46 yoshli R. U. sodir qilgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish maqsadida qoʻlidagi pichoq bilan oʻzining boʻyin va koʻkrak sohalariga ikki marotaba urib, oʻziga-oʻzi ogʻir tan jarohatlari yetkazgan.
Fuqaro R. U. olgan tan jarohatlari bilan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan, biroq koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan, kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.