So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Talaba va oʻquvchilar uchun qishki taʼtil kunlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.
Eʼtibor qaratish lozim bu yilgi qishki taʼtil kunlarini belgilashda oldingi yillarda yuzaga kelgan ayrim muammolar bartaraf etilib, uzoq hududlardan kelib tahsil oluvchi talaba-oʻquvchilarning doimiy yashash joylariga xotirjam, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz yetib borishlari va qaytib kelishlari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratilmoqda.
Avvallari talaba oʻquvchilar qishki taʼtil kunlari muddatidan oldin oʻz yashash hududlariga ketib, oʻqish boshlanganidan keyin kech yetib kelish holatlari kuzatilar edi. Bu yil esa, davlat oliy taʼlim muassasalari va professional taʼlim maskanlari talaba-oʻquvchilariga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida qishki taʼtilning boshlanish kuni 26-dekabr aynan haftaning birinchi kuni etib belgilanmoqda.
Bu talabalarning dars jarayonlarida toʻliq qatnashib, hafta oxiri, dam olish kunlari oʻz manzillariga ketishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun qulaylik yaratadi. Dars jarayonlarining boshlanishi esa 2023-yil 9-yanvar, dushanba kuniga toʻgʻri kelmoqda. Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz, davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylari 2023-yilning 5-yanvardan boshlab oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyadi – deyiladi xabarda.