So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ukrainadagi vaziyatni 24 soat ichida hal qilaman” — Tramp
Tramp urushni toʻxtatishga vaʼda berdi, ammo buni qanday uddalashini aytmadi.
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Qoʻshma Shtatlar Ukrainadagi vaziyatni bir kunda hal qilishi mumkinligini maʼlum qildi.
“Men prezident sifatida bu vaziyatni 24 soat ichida hal qila olaman. Bu qiyin boʻlmaydi”, — dedi Tramp 4-mart kuni Vashington chekkasida AQSH Respublikachilar partiyasining konservatorlarning yillik konferensiyasidagi nutqi oldidan jurnalistlarga.
“Buni hozir hal qilish kerak. Agar odamlar nima qilayotganlarini tushunsalar, buni 24 soat ichida hal qilish mumkin edi”, — deya qoʻshimcha qildi Tramp.
Tramp urushni toʻxtatishga vaʼda berdi, ammo buni qanday uddalashini aytmadi.
“Qandayligini aniq aytmayman. Chunki aytsam, buni uddalay olmagan boʻlardim. Men buni 24 soat ichida qilgan boʻlardim. Buning uchun men prezident boʻlishim kerak”, — dedi u.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir