So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada ikki nafar erkak nomaʼlum moddadan zaharlanib vafot etdi
Murdalar koʻzdan kechirilganida, ularda tashqi tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan.
Ijtimoiy tarmoqda Fargʻona shahrida yashagan B.E tanishi A.A bilan nomaʼlum moddadan zaxarlanishi oqibatida vafot etganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning 26-dekabr kuni Fargʻona shahar IIO FMBning navbatchilik qismidan Fargʻona shahar, A.Yassaviy koʻchasida istiqomat qilgan B.E tanishlari A.A va X.M bilan birga nomaʼlum moddadan zaxarlanib, B.E va A.A voqea joyida vafot etgan, X.M esa ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilganligi haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, hodisa joyi shahar prokurori rahbarligida, sud tibbiy ekspertiza boʻlimi eksperti, tezkor-tergov guruhi, FVB Fargʻona shahar boʻlimi, SEO va JSX shahar boʻlimi va “Hududgaz Fargʻona” GTF shahar boʻlimi xodimlaridan iborat mutaxassislar ishtirokida krimtexnika vositalari yordamida koʻzdan kechirilgan. Murdalar koʻzdan kechirilganida, ularda tashqi tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, fuqarolar B.Eraliyev va A.Aminjonovlarning is gazidan zaharlanib vafot etganligi holati boʻyicha Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Mazkur qarorning qonuniyligi oʻrganilib, bekor qilingan va hozirda qoʻshimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.