So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bobojonovning birinchi oʻrinbosari Interpolga rahbar boʻldi
Sobirov Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston IIV Tezkor-tergov departamenti boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shuhratjon Oʻrinboyevich Sobirov Interpol milliy markaziy byurosining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Sobirov 2021-yildan buyon Interpolning Oʻzbekistondagi byurosiga rahbarlik qilib kelayotgan polkovnik Gʻanijon Alimuhamedov oʻrnini egallagan.
22-fevral kuni Namangan viloyati IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Rahmonov IIV rahbarining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimini egallagan.
Shuhratjon Sobirov — 2020-yilning martidan 2023-yilning fevraligacha Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston IIV Tezkor-tergov departamenti boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. U bungacha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol) 1923-yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Fransiyaning Lion shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotga 195 davlat aʼzo.
Oʻzbekiston 1994-yilda Interpolga aʼzo boʻlgan va Ichki ishlar vazirligi qoshida Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi tashkil etilgan. Byuro rahbari ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir