So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda 12 mlrd soʻmlik tabiiy gaz “oʻgʻirlandi”. AGTKSH mansabdorlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
“Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda koʻp miqdorda oʻgʻirlik sodir etishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan.
Joriy yilning 10-fevral kuni “Hududgaz Buxoro” GTF hamda metrologiya xizmati mutaxassislari hamkorligida mavjud maʼlumotlar asosida viloyatdagi ayrim AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha)larda oʻrganishlar olib borildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Oʻrganishlar davomida “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasiga qarashli 3 ta AGQKSH larda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 11 milliard 847 million 744 ming soʻm zarar yetkazilgan. Natijada tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
Aniqlanishicha, korxonaning AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “KWANGSHIN GEO-350” rusumli kompressor oʻrnatilgan.
Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 ni tashkil etib, uning oqibatida 2022-yilning 1-noyabr kunidan 2023-yil 10-fevral kuniga qadar boʻlgan davrda 3 milliard 493 million 218 ming soʻmlik tabiiy gaz yashirincha “oʻgʻirlangan”.
Shuningdek, korxonaning AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “SICHUAN ZW-4.36/3-250” rusumli kompressor oʻrnatilgan.
Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning natijasida 2022-yilning 10-sentyabr kunidan 2023-yil 10-fevral kuniga qadar boʻlgan davrda 5 milliard 774 ming 443 soʻmlik tabiiy gaz “oʻgʻirlangan”.
Bundan tashqari, korxonaga qarashli yana bir AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona “SICHUAN ZW-4.36/3-250” rusumli kompressor oʻrnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning oqibatida 2022-yilning 13-sentyabr kunidan 2023-yil 10-fevral kuniga qadar boʻlgan davrda 2 milliard 580 million 83 ming soʻmlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
Toʻplangan hujjatlarga koʻra, “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda koʻp miqdorda oʻgʻirlik sodir etishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan.
Olib borilgan oʻrganishlar natijasida mazkur holat yuzasidan Gʻijduvon tumanidagi “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.