So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Uztransgaz” AJ nazoratchisi pora bilan qoʻlga tushdi
U ruxsatnoma olib berish evaziga, dehqondan 700 AQSH dollar talab qilgan.

“Uztransgaz” AJ Fargʻona magistral boshqarmasi Namangan boʻlimi nazoratchisi 700 AQSH dollari miqdorida pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Namangan shahar, Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro Namangan viloyati IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda Davlatobod tumani, “Yuksalish” MFY hududida umumiy maydoni 50 sotixdan iborat boʻlgan ekin yer maydoni mavjudligini, ushbu yer maydonining 30 sotix qismida “issiqxona” tashkil etib, foydalanib kelayotganligini, 2023-yilning fevral oyi boshlarida yer maydonining qolgan 20 sotix qismida xam issiqxona tashkil etish maqsadida qurilish ishlarini boshlamoqchi boʻlgan vaqtida “issiqxona»siga oʻzini “Uztransgaz” AJ Fargʻona magistral boshqarmasi Namangan boʻlimi nazoratchisi deb tanishtirgan shaxs kelib, mazkur hudud yer ostidan katta bosimli gaz liniyasi oʻtganligini, qurilish ishlarini olib borish uchun oʻzi faoliyat yuritib kelayotgan idoraning ruxsatnomasini olish kerakligini aytib, evaziga 700 AQSH dollari miqdorida pul soʻrayotganini maʼlum qilgan.
Arizaga asosan, IIB TQX JQB K va IJQKB va DXX Namangan viloyati Boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida arizada nomi keltirilgan fuqaro murojaatchidan 700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



