Qidirish

01:27 / 2023-03-04 710 0 Hodisalar

“Matbuot oʻzi istagan mavzuni koʻtara olmayapti. Jiddiy toʻsiqlar, bosimlar, qoʻrqitishlar saqlanib qolyapti” – bir guruh jurnalist va jamoatchilik vakillarining Prezidentga murojaati

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik bir guruh jurnalistlar va jamoat vakillarining Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaatnomasi eʼlon qilindi.

world-news

Muhtaram Prezident!

2016-yilda siz davlat rahbari boʻlishingiz bilan Oʻzbekistonda katta oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, xalqimiz uzoq vaqt va intiqlik bilan kutgan soʻz erkinligi, fikr erkinligi paydo boʻla boshladi. Bu orqali oʻtgan yillarda Oʻzbekistonda matbuot erkinligi muhiti sezilarli darajada shakllanib ulgurdi.

Ayni paytda, biz jurnalistlar va jamoatchilik vakillarini hozirga qadar saqlanib qolayotgan yashirin, lekin kuchli senzura ham bezovta qilyapti. Tahririyatlar, jurnalistlar, blogerlar, jamiyatga har qanday fikr beruvchi shaxslarning fikr bildirishida jiddiy toʻsiqlar, bosimlar, qoʻrqitishlar saqlanib qolyapti.

Matbuot oʻzi istagan mavzuni koʻtara olmayapti. Jurnalistlar oʻzlari istagan ohangda vaziyatni koʻrsata olmayapti. Davlatning axborotni nazorat qilishga masʼul boʻlgan muassasasi tahririyat va blogerlarga muttasil ravishda bosim qilib, axborot ohangi, shakli, mohiyatini oʻzgartirish yoki bu axborotning toʻliq chiqmasligini talab qilishda davom etmoqda.

Janob prezident!

Biz soʻz va fikr erkinligi orqali Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishdan manfaatdor emasmiz. Biz xavfsizlikni soʻz va fikr erkinligining poydevori sifatida koʻramiz. Lekin soʻz va fikr erkinligisiz taʼminlangan xavfsizlikni – noqis, zaif va vaqtinchalik xavfsizlik deb bilamiz.

Hurmatli Prezident, biz sizdan iltimos qilib, Oʻzbekistonda soʻz va fikr erkinligini kuchliroq himoya qilishingizni, bu borada konstitutsiya va amaldagi qonun normalari toʻliq ishlashini, maʼlum davlat muassasalarining jurnalistlarga, matbuotga, blogerlarga bosimlarini toʻxtatishda yordam berishingizni soʻraymiz!

Biz Oʻzbekistonni kuchli, raqobatbardosh, halqaro maydonda obroʻli davlat sifatida koʻrishni istaymiz. Buning uchun, Oʻzbekistonda matbuot va soʻz erkinligi muttasil kuchayib borishi lozim. Ammo haligacha Oʻzbekiston matbuoti koʻrinmas, lekin jiddiy nazorat ostida ekanini achinarli va kelajak uchun xavfli vaziyat deb bilamiz.

Muhtaram Prezident, Oʻzbekistonda matbuotning tom maʼnodagi mustaqilligini taʼminlashda tarixiy yordam berishingizni iltimos qilamiz.

Jamoat vakillari, jurnalistlar, blogerlar (alifbo tartibida).

Ahmad Mubashshir, “Azon.uz” sayti asoschisi

Abdumutalov Bahodir, SMM mutaxassisi

Adham Musannif, bloger

Adxamov Temurbek, bloger

Alibekov Shohruh, deputat

Aʼzam Orzu, dizayner

Boltaboyev Dilshod, bloger

Barlos Shuhrat, jurnalist

Bahriyev Karim, jurnalist, tarjimon

Doʻstov Qobil, sotsiolog

Fozilova Dilsora, sotsiolog

Gulsara Shermatova, siyosatshunos-ekspert

Hamdam Ulugʻbek, yozuvchi

Haqnazar Umida, jamoatchilik faoli

Haydarov Olimjon, bloger

Umarova Aziza, jamoatchilik faoli

Irzayev Bahrom, tarixchi olim

Ibrohimova Muazzam, jamoatchilik faoli

Ibodullayev Zarifboy, shifokor

Jumayev Hamza, jurnalist

Latipov Shuhrat, jurnalist, bloger

Latipov Obidjon, jamoatchilik faoli

Mamirova Muhabbat, jurnalist

Malik Temur, bloger

Mardonov Zafar, bloger

Nuryogʻdi Tillaniso, shoira, ilmiy izlanuvchi

Rabbimov Kamoliddin, siyosatshunos

Rahmat Ilgʻor, jamoatchilik faoli

Razzoqov Xudoyberdi, bloger

Rasulev Bobur, deputat

Said Sanjar, jurnalist

Salim Sardor, bloger

Safarov Ilyos, jurnalist

Solijonov Zafarbek, bloger, yurist

Samarqandiy Farruh, bloger

Sodiqova Anora, jurnalist

Tashanov Abdurahmon, jurnalist

Temur Aʼzam Muhammad, jurnalist

Xoʻjayeva Sayyora, “Demokratiya va inson xukuklari” nodavlat Instituti direktori

Shermuhammad Botirjon, yurist

Sheroziy Zayniddin, jurnalist

Izohlar 0

Fikr bildirish