So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha cheklovlar kiritildi
Kecha, 10-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 229,2 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 224 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 156,6 mln kub metr tabiiy gaz va 2,0 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazilgan. Isteʼmolchilarni koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 8,5 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazilgan.
Respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar boʻyicha isteʼmolchilardan 621 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etilgan.
Gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib taʼminlash masalalari boʻyicha Respublika shtabining navbatdagi yigʻilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov gaz va elektr muammosi boʻyicha qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan ayrim rahbarlar qamoqqa olinganini maʼlum qilgandi.
“Qonunbuzilishga hamda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan soha rahbarlaridan ayrimlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va qamoqqa olingan”, degan Umurzakov.