So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mirziyoyev Chimkentda Toqayev bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi
Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari oʻrinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi toʻgʻrisida hisobotlarini tingladilar.
3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv oʻtkazdilar, deya xabar Prezident matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari oʻrinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi toʻgʻrisida hisobotlarini tingladilar.
Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
“Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi. Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona muhitda oʻtdi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 1
Nodira Fozilzoda
2023-Mar-05 02:52Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir