So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
4 mlrd soʻmga yaqin byudjet mablagʻlarini “tuya” qilgan “Xalq banki” filiali xodimi qamoqqa olindi
Tezkor tadbirda qoʻlga olingan masʼulning yillar davomida bajargan qingʻir ishlari fosh boʻldi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Ichki audit hamda Ichki nazorat va komplayens departamentlari mutaxassislari hamkorligida bankning Sirdaryo viloyati Xovos filialida noqonuniy holat aniqlandi.
2020-2023-yillar davomida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish va (yoki) biron-bir hujjat rasmiylashtirmasdan hamda soxta maʼlumotlardan foydalangan holda jami 3 mlrd. 828 mln. 400 ming soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, bankning Xovos filiali bir nafar masʼul xodimiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.