So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Internetda videosi tarqalgan xodim ishdan boʻshatildi
Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Samarqand hududiy filiali Yuridik boʻlimi boshligʻining tarmoqlarda tarqalgan videosidan soʻng, Samarqand viloyati hokimligi boshchiligida yigʻilish oʻtkazilgan.
Elektr tarmoqlari korxonasining Yuridik boʻlimi boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filialida qator masalalar muhokama etildi.
Muhokamalarda jamiyat boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Alvar Gaybullayev, viloyat prokurori Jahongir Hotamov, IIB va qator korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Samarqand hududiy filiali Yuridik boʻlimi boshligʻi Ikrom Samatovning soʻzlari deya joylashtirilgan, koʻplab salbiy fikrlar va eʼtirozlarga sabab boʻlgan video lavha ham muhokama etilgan.
Muhokama yakunida AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari soʻzga chiqib, yuridik boʻlim boshligʻi Ikrom Samatov jamiyatning Samarqand hududiy filiali direktori buyrugʻi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini maʼlum qildi.
Shuningdek, muhokamada hududiy filial direktori oʻrinbosari G.Saydullayevaning huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yoʻllagan murojaati doirasida, masalaga huquqiy baho berilishi bildirildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir