So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Paxtaobod tumani hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
U tayinlovga qadar hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.
Paxtaobod tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Xojimatov Farxodjon Yaqubovich tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Farxodjon Xojimatov 2022-yildan Paxtaobod tumani “Yangi chek” mahalla fuqarolari yigʻinida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan.
Farxodjon Xojimatov — 1973-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tavallud topgan. 1995-yilda Namangan sanoat texnologiya instituti tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995-yilda Paxtaobod tumani agroxizmat uyushmasi marketing va mahsulot sotish boʻlimi mutaxassisi sifatida boshlagan, 1996-2000-yillarda Paxtaobod tumani hokimligi statistika boʻlimi mutaxassisi, 2000-yildan 2007-yilgacha Paxtaobod tumani iqtisodiyot boʻlimi bosh mutaxassisi, 2007-yildan 2010-yilgacha Paxtaobod tumani iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi, 2010-2014-yillarda Paxtaobod tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2014-2015-yillarda Paxtaobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, 2015-yildan 2017-yilgacha Paxtaobod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2017-yildan 2018-yilga qadar Paxtaobod tumani hokimi, 2018-2022-yillarda Andijon viloyati hokimligi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir