So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Koʻkdaladagi shifoxonada muammo toʻliq bartaraf etildi – SSV
Sogʻliqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Koʻkdala tumanidagi Chiyali shifoxonasida elektr energiyasi oʻchib qolishi ortidan, chaqaloqlar sovuqda qolib ketgani tasvirlangan xabar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari tomonidan oʻrganilganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, Koʻkdala tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyali boʻlinmasi, yaʼni qishloq uchastka shifoxonasida 2022-yil 11-dekabr kuni soat 03:30 da elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Ammo issiqlik taʼminotida uzilish boʻlmagan.
Shifoxonada 4 kun avval jami 7 nafar ayol farzandli boʻlgan, 11-dekabr soat 12:00 da ularning 6 nafariga uyga javob berilgan. 1 nafar ayol chaqalogʻi bilan Koʻkdala tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga koʻchirilgan. Hozirda ona va bolalarning salomatligi yaxshi, shifokorlar nazoratiga olingan
Ayni paytda shifoxonada elektr taʼminoti tiklangan. Muassasa qoʻshimcha elektr generatori bilan taʼminlangan, tibbiyot birlashmasiga qarashli mazkur qishloq uchastka shifoxonasida muammo toʻliq bartaraf etilgan.