So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mijoz talashib, koʻchada mushtlashgan avtobus haydovchilariga hukm oʻqildi
Jamoat joyida janjallashgan haydovchilar, sodir etgan xatti-harakatlariga sud oldida javob berishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan ikki avtobus haydovchilarining xatti-harakatlari bilan bogʻliq holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) boʻyicha N. B. (1991-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, 1-sonli avtobus saroyiga qarashli 28-sonli yoʻnalish avtobus haydovchisi) va M. M. (1995-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, “Avtosantrans-servis”ga qarashli 155-sonli yoʻnalish avtobus haydovchisi) ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan.
Sud majlisida aniqlanishicha, 2023-yil 28-fevral kuni soat taxminan 8:30 larda Yashnobod tumani Izzat koʻchasida oʻzlariga biriktirlgan avtobuslarni boshqarib, harakat davomida bir-birlariga yoʻl bermasdan kelib, shu koʻchada joylashgan 76-sonli avtobekat oldida toʻxtab, jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, oʻzaro janjallashib, bekatda turgan fuqarolar oldida bir-birlarini uyatli soʻzlar bilan haqorat qilib, fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik qilishgan.
Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilishgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 2023-yil 2-martdagi qarori bilan N. B. va M. M. ning har biriga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan 7 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
“Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi maʼlum qilinadi”, — deyiladi xabarda.